Muhofazasi va texnika xavfsizligi

Muhofazasi va texnika xavfsizligi

Joriy yil "TYVQTZ" AJning ishlab chiqarish bo' limlaridagi ishchi-xodimlariga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo'limi xodimlari tomonidan har bir kasb egalarining mehnat muhofazasi bo'yicha kasbiy yo'riqnomalarining mazmun mohiyati va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir boʻlgan ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari haqida tushuncha berildi. Bundan tashqari xodimlarning korxona hududida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi tartib qoidalariga rioya qilib harakatlanishi, nosoz uskunalardan foydalanish oqibatida kelib chiqadigan avriya holatlari hamda balandlikda va yuqorida ishlashda xavfsizlik talablari, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish haqida o' quv mashg;ulotlari o'tkazildi.