“Burchakli silliqlash dastgohi bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, silliqlovchi va kesuvchi toshlarini sozligini tekshirish tartiblari” mavzusiga bagʻishlangan seminar-trening “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʻmirlash zavodi” АЖ boshqaruv raisining 2024-yil 04-iyundagi 2-a sonli bayonining 5-bandi talabiga muvofiq 07 iyun 2024-yilda oʻtkazildi. Bundan maqsad kelgusida baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda burchakli silliqlash dastgohi bilan ishlaydigan ishchilarning malakasi va mahoratini oshirish va ishlarni xavfsiz tashkillashdan iborat. Seminar-treningni yuqori saviyada o'tkazish boʻyicha malaka oshirish o'quv markazidan malakali mutaxassis A.S.Radjabov jalb qilindi. U burchakli silliqlash dastgohi bilan ishlash jarayonida ishni xavfsiz tashkil etish bo'yicha yo'l-yo'riq berdi. Seminar-trening natijasida ishchi-xodimlar bilan savol javob tariqasida suhbat o'tkazildi va burchakli silliqlash dastgohi bilan ishlash jarayonida baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o'zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini