Mehnat muhofazasi bo'yicha o'quv dasturi 2024

Mehnat muhofazasi bo’yicha o’quv dasturi 2024

MM va TX bo‘limi boshlig‘i D.S.Xalmirzayeva so‘zga chiqib, 2024-yilda korxonada xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv dasturi va muddatlari to‘g‘risida gapirdi. U o‘z so‘zida korxonada mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish masalalari bo‘yicha, doimiy faoliyatdagi komissiya tuzilganligi, mehnat muhofazasini nazorat qilishning 1 va 2 basqichlarini olib borish qoidasi va ish joylari, texnologik jarayonlar, hamda texnologik asbob-uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini keng yoritib berdi. Shuningdek, ish joylarida maxsus kiyim-bosh, shaxsiy himoya vositalari me’yorlari, ulardan foydalanish tartibini tushuntirib, ishda to‘liq qo‘llanilishini nazorat qilish ham bevosita rahbarlarning zimmasida ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tokar, frezer, dastgohlarida hamda yuk ko‘tarish moslamalari bilan ishlanganda qo‘yiladigan sanitary-gigienik talablariga rioya qilish haqida MM va TX bo‘limi boshlig‘i muovini D.D.Artikov tomonidan so‘z yuritildi. Shuningdek, e’tiborsizlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar va texnika xavfsizligi talablari buzilishi kabi holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mehnat qilayotgan shaxslarning ish davomida sog‘ligini saqlash, jarohatlanishlarning oldini olishning eng muhim omili ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Har bir bo‘lim boshliqlari va ustalar tomonidan, ishchilarning ish joylarida ishlayotganlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha nazoratni susaytirmaslik zarurligi aytildi. Seminar-trening yakunida, mehnatni muhofaza qilish borasida bo‘lim ishchi-xodimlari bilan savol-javob tariqasida suhbat o‘tkazilib, mehnat muhofazasi nazorati ishlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z mulohazalari bayon etildi. Seminar-trening yuzasidan bo‘lim ishchi-xodimlari o‘zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirdilar