“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aktsionerlik jamiyatida 2024 yil 2 avgust kuni “Temiryo‘lchilar kasb bayrami” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinki ruh bilan keng nishonlandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsionerlik jamiyati boshqaruv raisi Z. G. Narzullayev tomonidan bayram tabrigi korxona ishchi-xodimlarga o‘qib eshtirildi. Boshqaruv raisi D. F. Dadaxodjayev boshchiligida hamda Kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda ushbu sharafli kunda ishchi-xodimlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Bayram munosabati bilan 9 nafar eng faol ishchi xodimlar qimmat baxo sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aktsionerlik jamiyati boshqaruv raisi D.F.Dadaxodjayev o‘z tabrik so‘zlari bilan barcha ishchi xodimlarni tabrikladi.