“Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” AJda ishlab chiqarish korxonalarida yongʻin xavfsizligini ta'minlash boʻyicha seminar oʻtkazildi.

“Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJda ishlab chiqarish korxonalarida yongʻin xavfsizligini ta’minlash boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Joriy yilning 16-oktabrida “TYVQTZ” AJning barcha bo‘lim oʻrta boʻgʻin rahbarlari ishtirokida Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktaranti “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi assistenti Erxonboyev Nodirbek Abdunosir oʻgʻli tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunlar, normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat-profilaktika va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida seminar tashkil etildi. Ko‘rgazmali namoyish tarzida o‘tgan seminarni boshqaruv raisi maslahatchisi B.K. Eshmurodov kirish so‘zi bilan ochib, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2017 yildagi 688-sonli qarori talablari hamda “TYVQTZ” AJ boshqaruv raisining “Yong‘inning oldini olish va yong‘in xavfsizligi kunlarini o‘tkazish” to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘limlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlar ularni oldini olish ishlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish zaruriyati borligini aytib o‘tdi. Yong‘inlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga jamoatchilik keng jalb qilinib, tegishli vazifalar belgilanishi seminarning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Soʻngra ma’ruzachi N.A.Erxonboyev so‘zga chiqib, yong‘in xavfsizligi, korxonada birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va maxsus o‘t o‘chirish tizimlari mavzusida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘quv seminarining tashkil etishdan maqsad –yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdan iboratligini, ushbu masalada ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanishi to‘g‘risida tushunchalar berdi. Ma’ruzachi xodimlarni yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Yong‘inning oldini olishga doir o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari to‘g‘risida so‘z yuritib, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, uni o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida tushunchalar berdi. Hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma’lumotlarni aytib o‘tdi. Undan tashqari yongʻin xavfsizligini ta’minlash maqsadida bo‘lim- larda qilinishi kerak boʻlgan bir qator ishlar yuzasidan tushunchalar berdi. Ko‘rgazma va ma’ruzalarni ishtirokchilar qiziqish bilan tingladilar. Sohaga oid fikr-mulohaza hamda savol-javoblar bilan seminar tashkilotchilariga yuzlandilar. Berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.