2024 yil 21 avgust kuni Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” AJ ning faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar.

2024 yil 21 avgust kuni Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ ning faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar.

2024 yil 21 avgust kuni Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” AJ ning faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar. O‘zbekiston Respublikasining ta'mirlashga ixtisoslashgan yagona korxonasi, yo‘lovchi vagonlarini qurish, modernizatsiya qilish va qayta jihozlab ta'mirlash faoliyati bilan tanishdilar. Tashrif davomida mas'ullar so‘zga chiqib, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi. Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi, o‘n yettita vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan. U keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi va Jahon banki ekspertlari tomonidan ma'qullandi. O‘zbekiston Respublikasi uchun temir yo‘l transporti tizimining holati va rivojlanishining muhimligini, shuningdek, ushbu tizim infratuzilmaning boshqa tarmoqlari bilan bir qatorda jamiyat hayoti uchun asosiy shart-sharoitlarni ta'minlashini va ijtimoiy, iqtisodiy va tashqi siyosat maqsadlariga erishishda muhim element bo‘lishini hisobga olib, ma'ruzachilar ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashni so‘rashdi.