“Innovatsion g‘oyalar-2023” tanlovini

“Innovatsion g‘oyalar-2023” tanlovini

Tanlovning saralash bosqichi tizim tasarrufidagi boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarda 2023 yilning sentyabr-dekabr oylarida tashkil etildi.  Saralash bosqichi g‘oliblari o‘rtasida 15-20 dekabr kunlari Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida 44 ta loyiha bilan 48 nafar nomzodlar ishtirokida o‘tkazilgan tanlovda hakamlar hayʼati tomonidan 24 ta loyiha bo‘yicha “Innovatsion g‘oyalar-2023” tanlovi g‘olibligiga davogar sifatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati huzurida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etildi.  Vagon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 4 nafar nomzodlarning Innovatsion loyihalari ko‘rib chiqildi.  Unga ko‘ra, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati bosh texnologiya bo‘limi 2-toifali muhandis-texnologi Otabek Abdujabborov “Bazasi 18 000 mm, kuzov uzunligi 25 500 mm, bo‘lgan havo sovutish tizimi bilan jihozlangan plaskart (SMO) turdagi yangi yo‘lovchi vagoni” loyihasi; “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali Vagon xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi muhandisi Rustam Abrayev «IMT-200» va «IMT-300» modelidagi masofaviy termometri” loyihasi;  “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tasarrufidagi “Qarshi” vagon deposi Texnik ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i AkramjonMahmudovning “Vagonlarning og‘ishini aniqlash uchun mo‘ljallangan maxsus o‘lchov shabloni” loyihasi;  “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali “Buxoro” vagon deposi kajavalar sexi katta ustasi Bobirjon Boymurodovning “Yuk vagonining kajava qismi triangel va tortish uzatmasini taʼmirlash va sinovdan o‘tkazish stendi” loyihalari ko‘rib chiqildi. Hakamlar hayʼati tomonidan Vagon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ikki nafar ishtirokchining nomzodi maʼqullandi va ulardan biri “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati bosh texnologiya bo‘limi 2-toifali muhandis-texnologi Otabek Abdujabborovning “Bazasi 18 000 mm, kuzov uzunligi 25 500 mm bo‘lgan havvo sovutish tizimi bilan jihozlangan plaskart (SMO) turdagi yangi yo‘lovchi vagoni” loyihasi g‘olib deb topildi. Tanlov g‘oliblari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining “Innovasion g‘oyalar-2023” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 696-N-sonli buyrug‘i nizomida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan BHM ning 30 barobari miqdori hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanishi belgilandi.