Kadrlar tayyorlash

Korxonadagi rahbar xodimlar va mutaxassislarni hamda ishlab chiqarishdagi ishchilarni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha doimiy malakasini oshirish uchun mutaxassisligi hamda kasbiga mos keladigan yo‘nalishlar bo‘yicha Ye-xodim platformasiga kiritiladi, mutaxassislik va kasb yo‘nalishlarni aniqlab yillik rejalar tuziladi va doimiy ravishda malaka oshirish dasturini Ye-xodim platformasidagi tayyorgarlik bo‘limida nazorat qilib boriladi. Reja bo‘yicha hamda rejadan tashqari ravishda korxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida o‘quv yurtlari, nodavlat ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatib, birja orqali yoki yagona tizim orqali shartnomalar tuzish, mutaxassislarni jalb etish, o‘quv dasturlarini o‘quv muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqish jarayonlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishdagi kasbga hamda mutaxassislikka doir barcha turdagi o‘qitish jarayonlari boshqariladi, ya’ni o‘quv shakllarining muddati nazorat qilinadi, o‘quv kurslarining Nizomlarda belgilangan muddati yaqinlashganda qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Har bir kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha navbatdagi tashkil etilgan o‘quv kurslarining sifati nazorat qilinadi, ya’ni o‘quv rejasi va dasturiga mos ravishda malakasi oshirilayotgan hamda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilayotgan ishchi-xodimlarga roliklar hamda yangi texnologiyalar bo‘yicha ommabop ko‘rgazmali qo‘llanmalar ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarish bo‘limlaridagi ishchi-xodimlarni kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida texnologiya bo‘limidagi har bir bo‘limga biriktirilgan texnolog tomonidan o‘tkazilayotgan texnik mashg‘ulotlarning sifati tekshirib boriladi. Korxonada jamoaviy birdamlikka erishish uchun ishchi-xodimlar bilan kasbiy tayorgarlikka oid suhbatlar o‘tkaziladi, ularni qiziqtirgan savollariga javob beriladi hamda ishga oid kelib chiqqan muammolarni hal etiladi. Kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha ishchi-xodimlarga o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar tashkil etiladi. Universitet talabalari hamda texnikum o‘quvchilariga tanishuv, malakaviy, ishlab chiqarish, diplom oldi amaliyotlarini tashkil etishda ularni korxona ichki-tartib qoidalari bilan tanishtirib, ishlab chiqarishdagi barcha bo‘lim boshliqlariga biriktiriladi hamda amaliyot jarayonlari muntazam ravishda kuzatib, nazorat qilib boriladi. Shuningdek, muntazam ravishda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish maqsadida malaka oshirish markazlari, o‘quv muassasalari va boshqa korxonalardan tashrif buyurgan tinglovchilar va mehmonlarni qabul qilish jarayonlari maxsus tayyorgarliklar asosida amalga oshiriladi. Universitet va texnikumni bitirgan, yangi ishga qabul qilinayotgan yosh mutaxassislar bilan “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha faoliyat olib boriladi.